Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida respublikadagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning xabar berishicha, "Toshkent — Xiva" yo‘nalishi bo‘yicha, 26- , 28- , 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan jo‘nab ketish soat 16:28, Xivaga yetib kelish soat 7:10.
Shuningdek, "Xiva — Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha 27- , 29-iyun va 1- , 3-iyul kunlari Xivadan jo‘nab ketish soat 8:28, Toshkentga yetib borish soat 00:30.


