1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qo‘shiqchi Sanjay Usmon Azimga tovon pulini tangada to‘lamoqchi

Ijtimoiy tarmoqlarda mavzuga oid video tarqaldi.

Qo‘shiqchi Sanjay Usmon Azimga tovon pulini tangada to‘lamoqchi

 

Sanjay “Karvon” qo‘shig‘i sheʼri uchun shoir Usmon Azimga to‘lashi kerak bo‘lgan 100 mln so‘m mablag‘ni 1,5 tonna tanga bilan to‘lamoqchi ekanligini aytmoqda

 

 

"Tangalar yig‘ilyapti, shoirga - Usmon Azimga 100 mln “shtraf” to‘lab berishim kerak. 4,5 mlni yig‘ildi", - degan u.

 

 

 

Sanjar Djavberdiyev (Sanjay) ismli shaxs xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan “Karvon” nomli sheʼrni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovning roziligisiz va hech bir kelishuvsiz ijro etgandi.

 

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza berilgandi. Agentlik Sanjayga nisbatan mualliflik huquqini buzish bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborgan.

 

Sanjay Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, 2021 yilning 29 iyunida agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.


Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro S.Djavberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim, atringni soch” nomli sheʼriy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.

 

Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.

 

Taʼkidlanishicha, agentlik tomonidan fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan holat yuzasidan Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilib, maʼmuriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.

 

Avvalroq shoirning advokatlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza bergani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика