Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor o‘zining Youtube‘dagi kanalida AQSH Ukraina masalasida Rossiyaga tanlov qo‘ymaganini aytdi.
Unga ko‘ra, Vashington Ukraina rasmiylariga taʼsir o‘tkazish orqali rusiyzabon aholiga nisbatan kamsitishlarni to‘xtatish imkoniga ega bo‘lgan. Harbiylarning taʼkidlashicha, Oq uy ko‘p masalalarda boshqalarning manfaatlarini hisobga olmaydi.
«Qo‘shma Shtatlar hech kim bilan jang qilishdan manfaatdor emas va albatta, Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga homiylik qilishni xohlamaydi. Ammo biz, umuman olganda, bu borada Putin va uning hukumatiga katta tanlov qoldirmadik», — dedi Makgregor.
U, shuningdek, AQSH maʼmuriyatini uzoqqa mo‘ljallanmagan tashqi siyosat yuritayotganlikda aybladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash aʼzosi Bogdan Bezpalko Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga «labirintdagi kalamush» sifatida qarashini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH maʼmuriyati Zelenskiydan maʼlum maqsadlarga erishish uchun foydalanadi.
Bungacha AQSH armiyasi podpolkovnigi Deniyel Devis Amerika rahbariyatining uchta asosiy maqsadi borligini aytdi: Rossiya bilan keskinlashuvning oldini olish, Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashdan va har qanday sharoitda ham Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishdan bosh tortish.


