1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Qo‘yliq” bozori buziladi

Bozor davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi maʼqullandi.

“Qo‘yliq” bozori buziladi

 

Toshkent shahar hokimi «Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda “E-qaror” platformasida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, hokimning qarori bilan «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi Toshkent halqa avtomobil yo‘liga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlar qurilishiga ruxsat berildi.

 

Keltirilishicha, yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasiga:

 

  • notarial tartibda tasdiqlangan Kelishuv bitimi hisobini yuritish;

  • olib qo‘yilayotgan yer uchastkalariga o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика