1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qo`zg`olondan keyin Prigojin Moskvada Putin bilan uchrashdi

Uchrashuv uch soat davom etgan.

Qo`zg`olondan keyin Prigojin Moskvada Putin bilan uchrashdi

 

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin va bir guruh komandirlar 29-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Prigojin bilan “Vagner” isyonidan besh kun o‘tib uchrashganini tasdiqladi

 

Putin Prigojin bilan 29-iyun kuni Kremlda uchrashdi, deb yozadi «RIA Novosti» Dmitriy Peskovga tayanib. Uchrashuv uch soatga yaqin davom etdi, unda yollanma jangchilar otryadlari komandirlari ham ishtirok etdi, takidlanishicha, uchrashuvda jami 35 kishi qatnashgan.

 

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident sodir bo‘lgan voqealarga o‘z bahosini berdi va “Vagner” vakillariga ishga joylashish imkoniyatlarini taklif qildi.

 

"Qo‘mondonlarning o‘zlari bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan o‘z versiyalarini taqdim etdilar, ular davlat rahbari va Oliy Bosh qo‘mondonning sodiq tarafdorlari va askari ekanliklarini taʼkidladilar, shuningdek, vatan uchun kurashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini aytishdi. Bu uchrashuv haqida aytishimiz mumkin bo‘lgan narsa shu", — dedi Peskov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика