Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.
Maʼlumot uchun, ushbu hujjat Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2022-yil 21-dekabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.


