Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.


