Qozog‘istonning Qizilo‘rda va O‘zbekistonning Uchquduq shaharlari o‘rtasida 280 kilometrlik yangi magistral yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda.
Dekabr oyida ikki davlat vakillari Qizilo‘rda-Uchquduq avtomobil va temir yo‘l qurilishi rejasini imzolagan. Magistral yo‘lning umumiy uzunligi 280 km ni tashkil etib, uning 140 kilometri Qozog‘iston hududidan o‘tishi kutilmoqda.
2024−2025 yillarda yo‘lning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, 2025-yildan esa ikki-uch yil ichida yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilgan.
Avtomobil yo‘li qurilishining smeta qiymati 75 mlrd tenge (173 mlr dollar), jumladan, nazorat-o‘tkazish punkti qurilishi uchun 5 mlrd tengeni tashkil etadi.
Mazkur yo‘lning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozog‘istonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda. Yo‘l Qizilo‘rda — Jezqazg‘on — Pavlodar — Rossiya chegarasi xalqaro koridorining bir qismi bo‘ladi.


