1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog'iston fuqarolari uchun Yevropaga viza olish osonlashtirilishi mumkin

Tez orada tomonlar bu mavzuda rasmiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

Qozog'iston fuqarolari uchun Yevropaga viza olish osonlashtirilishi mumkin

 

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Bryusselga tashrifi chog‘ida Yevropaning ichki ishlar bo‘yicha komissari Ylva Yoxansson bilan respublika fuqarolari uchun viza rejimini yengillashtirish bo‘yicha rasmiy maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib oldi

 

Qozog'iston TIVda ta'kidlanganidek, bunday tartib talab qilinadigan hujjatlar ro'yxatini qisqartirishni, vizaning amal qilish muddati va chastotasini oshirishni nazarda tutadi. Vazirlikning eslatishicha, Qozog‘iston 2017-yildan boshlab ishbilarmon hamkorlik, turizm va insoniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama tartibda barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan.

 

Oʻz navbatida, Yoxansson Yevropa Ittifoqi Qozogʻiston bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini va tomonlar fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика