1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy sayti xabar berdi.

 

"Davlat rahbari "Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi", — deyiladi Akorda xabarida.

 

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni Qozog‘iston Senati deputatlari ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgandi.

 

Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.  2023 yil 30 noyabrda prezident shartnomani ratifikatsiya qilgandi.

 

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.

 

Shartnoma shartlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

 

Shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, shu jumladan, xavfsizlikka oid yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida tashqi siyosat, mudofaa, xavfsizlik sohalari, qurol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarida yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика