Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 15 mart kuni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni belgilovchi farmonni imzoladi. Bu haqda BBS xabar berdi.
Asosiy o‘zgarishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ikki palatali parlamentdan bir palatali modelga o‘tish;
- Konstitutsiyaning xalqaro shartnomalardan ustunligini mustahkamlash.
Farmon qabul qilinishi bilan Konstitutsiyaviy komissiya tuzatishlarning yakuniy versiyasini eʼlon qildi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan maʼlumotlarga qaramay, rus tilining maqomi o‘zgarmagan va norasmiyligi saqlanib qoladi.
Avvalroq, yangi Konstitutsiya matnining 80 foizdan ortig‘i qayta yozilgan va 77 ta moddaga tuzatishlar kiritilgani xabar qilingan edi. Prezident Toqayev tuzatishlarning qabul qilinishi Qozog‘iston rivojlanishiga kuchli turtki berishini va har bir fuqaroning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam berishini taʼkidladi.
“So‘nggi yillardagi siyosiy islohotlarning keng qamrovli ko‘rinishi bizga Qozog‘iston nihoyat superprezidentlik boshqaruv shaklidan voz kechib, nufuzli va taʼsirchan parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tganini ko‘rish imkonini beradi”, – dedi davlat rahbari.
Biroq, advokatlar va inson huquqlari faollari yangi Konstitutsiya loyihasi prezident vakolatlarini kengaytirib, davlat hokimiyatining boshqa organlarini zaiflashtirishi va fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkinligini taʼkidlashmoqda.


