1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston tog‘larida uch nafar alpinist halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar 24 dekabr kuni bedarak yo‘qolgan uch alpinistning jasadini topdilar.

Qozog‘iston tog‘larida uch nafar alpinist halok bo‘ldi

 

Qozog‘iston tog‘larida bedarak yo‘qolgan uch nafar alpinistning barchasi halok bo‘lgani aniqlandi.

 

Olmaota tog‘larida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 24 dekabr kuni sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni uch nafar alpinistga yetdi.

 

Ularning jasadlari Lokomotiv cho‘qqisi yaqinida, dengiz sathidan taxminan 3 700 metr balandlikda topilgan. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Qozog‘iston fuqarolari bo‘lib, professional alpinistlar hisoblanmagan.

 

Qidiruv-qutqaruv tadbirlariga qariyb 80 nafar mutaxassis, 12 ta maxsus texnika, 4 ta kinologiya bo‘linmasi hamda 4 ta uchuvchisiz uchish apparati jalb etilgan. Qutqaruvchilar dastlab bir nafar alpinistning jasadini aniqlagan, keyinchalik qolgan ikki nafar shaxs ham topilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, uch kishidan iborat guruh Tyanshan tog‘ tizmasidagi Lokomotiv cho‘qqisiga yo‘l olgan va ular bilan aloqa uzilgan. Shundan so‘ng, ularning yaqinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qilgan.

 

Topilgan jasadlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика