1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston Ukrainada saylov uchastkasini ochmaydi

Qozog‘istonliklar ovoz berish uchun boshqa davlatlarga borishi kerak.

Qozog‘iston Ukrainada saylov uchastkasini ochmaydi

 

Qozog‘iston hukumati respublikada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari uchun Ukrainada saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi  mamlakat TIV vakili. 

 

“Ukrainadagi vaziyat tufayli biz bu safar saylov uchastkasini ochmadik. Shuning uchun fuqarolarimiz xohlasalar, qo‘shni davlatga — Moldova yoki Polshaga borib, u yerda ovoz berishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, qozog‘istonliklar kerakli miqdordagi saylov byulletenlarini tayyorlash uchun ushbu davlatlardagi elchixonalarni oldindan xabardor qilishlari kerak.

 

20-noyabr kuni Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka olti nafar nomzodni, jumladan, amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevni ro‘yxatga oldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика