1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston va Xitoy vizasiz sayohat haqida kelishib oldi

Kelishuvga To‘qayevning Xitoyga tashrifi doirasida erishilgan.

Qozog‘iston va Xitoy vizasiz sayohat haqida kelishib oldi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolandi. Ular qatorida Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida viza talablaridan voz kechish to‘g‘risida kelishuv ham bor.

 

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaroning pasporti va Qozog‘istonga qaytish guvohnomasi qozog‘istonliklar uchun haqiqiy sayohat hujjatlari bo‘ladi.

 

Xitoy fuqarolari uchun esa XXR fuqarosining yarim xizmat pasporti, XXR fuqarosining pasporti vaqtinchalik sayohat hujjatidir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Gruziya fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика