Abay viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasi uchun 12 iyun kunini Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb eʼlon qilindi.
Qozog‘iston FVVning xabar berishicha, Abay viloyatida yashin urishi natijasida kelib chiqqan yong‘in 14 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan.
Davlat rahbari yong‘inda halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila aʼzolari bilan uchrashdi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev ularga hamdardlik bildirib, mamlakatda motam kunini eʼlon qilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan Favqulodda vaziyatlar vaziri ishdan chetlatilgan.


