1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tilmoqda

Tegishli ish kuni hamma uchun joriy qilinadi.

Qozog‘istonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tilmoqda

 

Qozog‘istonda 1-iyuldan boshlab to‘rt kunlik ish haftasi rasman joriy etiladi. Bu haqda “Daryo” nashri yozmoqda.

 

Tegishli ish kuni hamma uchun joriy qilinadi, biroq kompaniyaning xohishi inobatga olinadi. Shuningdek, ish beruvchi va xodim o‘rtasida shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.

 

Qonunning yangi normasi, xodimning iltimosiga binoan, to‘rt kunlik ish haftasini belgilashni nazarda tutadi. Misol uchun, agar xodim besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lsa va u atigi 4 kun ishlasa, keyingi haftada u qo‘shimcha bir kun ishlashi kerak bo‘ladi.

 

“Besh kunlik, olti kunlik yoki to‘rt kunlik ish haftasi uchun umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi. Besh kunlik yoki to‘rt kunlik ish haftasida ikkinchi yoki uchinchi dam olish kunlari jamoa shartnomasi yoki mehnat qoidalari bilan belgilanadi”, — deyiladi qonunda.

 

Bundan tashqari, besh kunlik ish jadvali bilan bir haftalik, to‘rt kunlik ish jadvali bilan ikkinchi haftalik ish rejimlarini joriy etish mumkin bo'ladi.

 

“Sakkiz soatlik grafik saqlanib qolingan. Ko‘pchilik aytganidek, 10 soat davomida ortiqcha ish bo‘lmaydi. Qonunning ushbu bandi ish beruvchilar va xodimlarga muayyan ish haftasini belgilash majburiyatini yuklamaydi”, — dedi Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot kotibi Saken Dildaxmet.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика