Holat 13-iyun kuni Qiziljar tumanining Nadejka qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, besh kishilik oila kechki ovqat uchun mahalliy do‘kondan chuchvara sotib olib, uni pishirgan. Ovqat isteʼmol qilingan so‘ng gazli ichimlik ham ichilgan.
Ovqatdan zaharlanish sabab uch va olti yoshli bola vafot etgan. Ularning onasi va 10 yoshli akasi hozirda kasalxonada davolanmoqda.
Ayni damda holat yuzasidan politsiya tergov boshlagan.


