1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklandi

Shuningdek, feyklar uchun jarima joriy qilindi.

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklandi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev internet-platformalar va onlayn reklamani tartibga soluvchi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda “Kursiv”. Hujjat blogerlarni yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish va yolg‘on maʼlumotlar uchun javobgarlikka tortishni tartibini belgilaydi.

 

Qonunda «inflyuyenser (bloger)», «onlayn platforma», «homiylik kontenti», «jamoat hamjamiyati» va boshqa tushunchalar kiritilgan. Blogerlar reklama ostidagi postlarni belgilashi va daromaddan soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. 

 

Bundan tashqari, qonunda yolg‘on maʼlumot tarqatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan. Jismoniy shaxslar uchun jarima miqdori 69 ming tengeni (taxminan 155 dollar), bloger-tadbirkorlar uchun esa 138 ming tengeni (300 dollardan sal ko‘proq) tashkil etadi

 

Qozog‘istonda yolg‘on maʼlumot tarqatganlik uchun allaqachon jinoiy javobgarlik, jumladan, katta miqdorda jarima to‘lash nazarda tutilgan. Mamlakat Bosh prokuraturasida taʼkidlanganidek, maʼmuriy javobgarlikning joriy etilishi «o‘ta og‘ir jinoyatlar profilaktikasi» vazifasini o‘taydi. 

 

Qonun shuningdek, qozoq tilini onlayn platformalar interfeyslariga integratsiyalashni nazarda tutadi, bu esa tartibga soluvchi organlarga nafaqat noqonuniy kontentni kuzatish, balki uni olib tashlashni talab qilish imkonini beradi. Agar bu talab bajarilmasa, rasmiylar internet-platforma faoliyatini cheklash huquqiga ega bo‘ladi. 

 

Qozog‘iston axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Darxon Qidirali so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun yashirin iqtisodiyot va internetdagi firibgarlikka qarshi kurashda yordam beradi.

 

«Boshqacha qilib aytganda, oflayn hayotdagi masʼuliyat onlayn dunyoda ham talab qilinadi», — dedi u. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика