1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda dizel yoqilg‘isiga tabaqalashtirilgan narxlar belgilandi

Bugundan bu bo‘yicha mamlakat Energetika vazirligining buyrug‘i kuchga kirdi.

Qozog‘istonda dizel yoqilg‘isiga tabaqalashtirilgan narxlar belgilandi

 

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish belgilangan neft mahsulotlarining chakana savdosining eng yuqori narxlarini belgilash to‘g‘risidagi buyruqqa ko‘ra, quyidagi rusumdagi benzin narxi bir xil darajada saqlanib qoldi:

 

AI-80 – 89 tenge/litr, Qostanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida AI-92 va AI-93 rusumli benzin narxlari – 187 tenge/litr, Qozog‘istonning boshqa viloyatlarida – 182 tenge/litr, 1 litr dizel yoqilg‘isi narxi – 450 tenge.

 

Buyruqda dizel yoqilg‘isiga cheklov belgilangan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasida berilgan haydovchilik guvohnomasi taqdim etilganda 230-260 tengedan kuniga 100 litr sotiladi.

 

Qolgan toifadagi shaxslarga, shuningdek, belgilangan limitdan oshib ketganda, dizel yoqilg‘isi litri 450 tengedan sotiladi.

 

Shuningdek, Energetika vazirligi manfaatdor tomonlar bilan birgalikda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan dizel yoqilg‘isining kunlik hajmlarini yana-da kuzatish bo‘yicha axborot tizimini aniqlash bilan bog‘liq masalalar ustida bir vaqtning o‘zida ish olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика