Qozog‘iston Respublikasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida borgan fuqaro E.B. ish beruvchi tomonidan ish haqining berilmayotgani yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qozog‘istondagi vakiliga murojaat qilgan.
“Qozog‘istonga ishlagani kelib, ish beruvchidan pulimizni ololmaganimiz sababli Tashqi mehnat migratsiyasi vakiliga murojaat qildik. Murojaatlarim o‘rganib chiqilib, ish haqlarim undirib berildi”, – deydi fuqaro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqqandi.


