1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda jazo muddatini o‘tagan pedofillarga GPS-bilakuzuklar taqib qo‘yiladi

Ular oyoqqa taqiladi va bu sobiq mahbusning qayerda turganligi haqida maʼlumot yetkazadi.

Qozog‘istonda jazo muddatini o‘tagan pedofillarga GPS-bilakuzuklar taqib qo‘yiladi

 

Qurilmada joylashuvni kuzatish vazifasini bajaradigan moslama mavjud. U pedofilning qayerga ketayotgani, qayerda to‘xtagani haqida axborot uzatadi.

 

Eslatma. Bu qurilma hamma mahbuslarga o‘rnatilmaydi. Pedofil – bular voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilgan jinoyatchilar hisoblanadi.

 

Agar sobiq mahbus sinov shartlarini buzsa politsiya qurilma orqali ogohlantiriladi. Shartlar hukumat belgilagan talablar asosida qo‘yiladi. Masalan, pedofil maktabga yaqinlashmasligi kerak. Shuningdek, kechasi uydan chiqib ketishi ham qatʼiyan taqiqlanadi.

 

Endilikda qo‘shni qozoq mintaqasida mana shunday tartib amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin. GPS-bilakuzuk pedofilning shartlarni buzganligi haqidagi axborotni uzatsa, sobiq mahbus qo‘lga olinadi va yana qamoqqa tashlanadi.

 

Maʼlumot uchun, Qozog‘istonda ayni damda bolalarga zo‘ravonlik qilganlikda ayblangan ikki mingdan ortiq kishi jazoni o‘tamoqda.

 

Avvalroq 11 yoshli bola ikki yil davomida amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика