1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Uning ochilishida sobiq prezident Nursulton Nazarboyev ham qatnashdi.

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

 

Bugun Qozog‘iston poytaxtida o‘z eshiklarini ochgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid Nur-Sultonning bosh masjidi deb ataladi. Bu haqda Nursulton Nazarboyev Bosh masjidning ochilish marosimida aytib o‘tdi.

10 gektarga qurilgan majmuaning umumiy maydoni 68 062 kvadrat metrni tashkil qiladi. Katta gumbazining balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid balandligi 130 metrlik to‘rtta minorali.

Bundan tashqari, masjidning yerosti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik va marosimlarga xizmat ko‘rsatish joyi, qurbonlik qilish joyi va boshqalar mavjud.

Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz o‘qiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh zali, Qurʼon o‘qish zali, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, savdo do‘konlari, muzey va texnik xonalar bor.

Masjid bag‘riga 235 ming namozxonni sig‘dira oladi: ochiq maydonda 200 000 ga yaqin, masjid ichiga esa 35 ming kishi sig‘adi.

Sig‘imi bo‘yicha Nur-Sultondagi Respublika bosh masjidi dunyodagi eng yirik 10 ta masjid qatoriga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ham qatnashmoqda. Shuningdek, Misr Arab Respublikasi bosh imomi o‘rinbosari, Azhari sharif vakili, doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev, Mongoliya musulmonlari idorasi raisi, muftiy Botirbek hoji Hadis hamda bir qator taniqli islom olimlari, imom-xatiblar, davlat va din arboblari ishtirok etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика