O‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘istonning Olma-ota shahriga ishlash uchun ketgan bo‘lib, u qurilish ishlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida yuqoridan tushib ketgan.
Buning oqibatida fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.
Shifoxonada yotgan yurtdoshimizning qarindoshi O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, uni Vatanga qaytarishni so‘ragan.
Mazkur murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, masʼul tashkilot vakillari bilan hamkorlikda zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shundan so‘ng, fuqaro maxsus avtomobilda shifokor hamrohligida Vatanga qaytarildi.


