Jurnalist Ayan Sharipbayevnin UNIAN agentligiga ma’lum qilishicha, bugun ertalab Olmaotada Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi miting bo‘lib o‘tgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, olmaotaliklar mitingga “Urushga yo‘q”, “Ukrainadan qo‘lingni tort”, “Stop Putler” plakatlari bilan kelgan. Shuningdek, mitingga ko‘pchilik Ukraina bayroqlari bilan kelib, “Putin Kaput” deb baqirishgan.


