Qozog‘istonda uchta yangi viloyat tashkil etish bo‘yicha prezident Qasim-Jomart Toqayev tegishli farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Abay, Jetisu, Ulitau viloyatlari tashkil etildi.
Abay viloyatining maʼmuriy markazi Semey bo‘lib, viloyat tarkibiga Sharqiy Qozog‘iston viloyatidan Oqsuat, Abay, Ayag‘oz, Beskarag‘ay, Boroduluxa, Jarma, Urjar, Ko‘kpekti tumanlari, Semey va Kurchatov shaharlari kiritildi.
Jetisu Taldiqo‘rg‘on viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi. Olmaota viloyatidan yangi hududga Oqsuv, Alakol, Yeskeldin, Karatal, Kerbulak, Koksu, Panfilov, Sarkan tumanlari hamda Taldiqo‘rg‘on va Tekeli shaharlari kiradi.
Ulitau viloyati esa Qarag‘anda viloyatidan ajratilgan Janaariq, Ulitau tumanlari hamda Jezqozg‘an, Karajala va Satpayev shaharlarini o‘z ichiga oladi. Uning markazi Jezqozg‘an shahri bo‘ladi.
Hukumatga Oliy sud, Oliy sud Kengashi va davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu farmonni amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va boshqa choralarni ko‘rish vazifasi topshirildi.
Bundan tashqari, Olmaota viloyatining maʼmuriy markazi Taldiqo‘rg‘ondan Qo‘nayev (avvalgi Kapshag‘ay) shahriga ko‘chirildi.


