Qozog‘istonning 14 viloyatida, yaʼni deyarli barchasida qor bo‘roni tufayli yo‘llar yopildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi yo‘llarda qolib ketgan mashinalarni evakuatsiya qilishga yordam bermoqda.
Aqto‘be, Oqmo‘la va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari yo‘llarida mashinalar to‘planib qolgan. Elektr energiyasida ham uzilishlar kuzatilmoqda.


