1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozoq-o‘zbek chegarasida turnaqator navbat yuzaga keldi

Turkiston viloyatidagi "Kazigurt" bojxona postida yuzlab yuk mashinalari kunlab navbat kutmoqda.

Qozoq-o‘zbek chegarasida turnaqator navbat yuzaga keldi

 

Turkiston viloyatidagi “Kazigurt” bojxona postida yuzlab yuk mashinalari kunlab navbat kutmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

 

Navbat juda sekin va faqat kunduzi yuryapti, deydi yuk tashuvchilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar chegaradan alohida to‘lov evaziga o‘tmoqda.

 

Mahalliy bojxona organida holatni “Kaplanbek” nazorat-o‘tkazish punktining rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘lashmoqda.

 

Qozog‘iston yuk mashinalarining kilometrlab navbatlari tufayli O‘zbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini tekshirishmoqchi.

 

"Kuni kecha Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston davlat organlari bilan uchrashuv o‘tkazdi", — deb xabar qildi Davlat daromadlari qo‘mitasi.

 

Yuk mashinalari oqimini yuklangan “Kazigurt” nazorat punktidan boshqalarga yo‘naltirishga qaror qilindi. Shuningdek, nazorat-o‘tkazish punktlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.

 

Vazirlik maʼlum qilishicha, may oyidan boshlab O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari importi oshgan.

 

Shu bilan birga, “Qoplonbek” posti rekonstruksiya qilish uchun yopilgan. Shu bois, qolgan uchta post ishlamoqda, bu esa kuniga 1000 ga yaqin yuk mashinasini o‘tkazish imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика