1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qurbon hayiti 9-iyulga to‘g‘ri kelmoqda

Bu rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Qurbon hayiti 9-iyulga to‘g‘ri kelmoqda

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazining ma’lum qilishicha, hijriy 1443-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo‘yicha 2022-yil 30-iyun kuniga to‘g‘ri keladi. 

 

Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022-yil 8-iyulga to‘g‘ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

 

9-iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam olishadi. 

 

Jumladan:
9-iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;
10-iyul – yakshanba, dam olish kuni;
11-iyul – dushanba, prezident farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;


12-iyul – seshanba: 
a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика