1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan respublika ichidagi yo‘nalishlarda chegirmalar berilishi boshlandi.

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi maʼlum bo‘ldi

 

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yil 8-iyunidan boshlab aviakompaniya Qurbon hayitini nishonlash kunlari — 28-iyundan 2-iyulga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan ichki reyslarda barcha aviachiptalarga 50 foizlik chegirma taqdim etmoqda.

 

Avvalroq, 2023-yilda respublikada Qurbon hayitini nishonlashning eng ehtimoliy sanasi 28-iyun ekanligi xabar qilingan edi.

 

O‘tgan yilning dekabr oyida prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023-yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Davlat rahbari joriy yilning 20-aprel kuni yangi farmoni bilan yuqoridagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi farmonga ko‘ra, ish haftasi turidan qatʼi nazar, 30-iyun (juma) barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

 

Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan ishchilar uchun 1 iyul (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

 

Yuqoridagi maʼlumotlarga asoslanib, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida ketma-ket kamida uch kun dam oladi, degan xulosaga kelish mumkin:

 

  • 2023-yil 30-iyun (juma) - ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

 

  • 2023-yil 1-iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

 

  • 2023-yil 2-iyul (yakshanba) taqvim bo‘yicha dam olish kuni hisoblanadi.

 

Ammo Qurbon hayiti 29-iyun (payshanba) kuni nishonlanadigan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar to‘rt kun, agar 28-iyun kuni bo‘lsa - ketma-ket besh kun dam olishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика