1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qurilish ishlari sababli Toshkentda yashillik darajasi 25 foizga kamaydi

Shuningdek, Buxoro shahrining markaziy qismida ham yashillik darajasi 37 foizga qisqargan.

Qurilish ishlari sababli Toshkentda yashillik darajasi 25 foizga kamaydi

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari ma`lumotlariga ko`ra, qurilish ishlarining jadallashuvi natijasida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 26 foiz, Yakkasaroy tumanida 23 foiz, Olmazor tumanida 33 foiz, Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 foizga qisqargan. Bunday holatni respublikaning boshqa hududlari misolida olganda Buxoro shahrining markaziy qismida yashillik darajasi 37 foizga qisqargan.

 

Ma`lumotlarga ko`ra, parklar, jamoat bog'lari va boshqa yashil maydonlarga tashriflar ruhiy salomatlikni yaxshilaydi. Xususan, haftasiga 3-4 marta yashil hududlarda sayr qiluvchilar bir marta yoki undan kam tashrif buyuruvchilarga qaraganda ruhiy salomatlik dorilaridan 33 foiz, qon bosimi dorilaridan 36 foiz va astma dorilaridan 26 foizga kam foydalanishi aniqlandi. 

 

Ma`lum qilinishicha, O'zbekistonda 2012-2016 yillarda kvartira (uy)lar soni 6,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2017-2021-yillarda o‘sish o‘tgan 5 yillikdagidan 3 barobar ortiq (20,3 foiz) bo‘ldi. Bu davrda eng ko‘p uylar Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida qurildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика