Stokholmda Qurbon hayitini nishonlash chog‘ida Qurʼonning tahqirlanishi va yoqib yuborilgani dunyoning ko‘plab davlatlarida keng norozilik uyg‘otdi.
Iroq Shvetsiya rasmiylaridan bu harakatni sodir etgan muhojirni sudga topshirishni talab qildi, o‘nlab iroqliklar Bag‘doddagi mamlakat elchixonasi oldida namoyishga to‘planishdi. Voqea shuningdek, Jazoir, Afg‘oniston, Misr, Indoneziya, Livan, Suriya, Turkiya, O‘zbekiston, Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Ahmad Abul-Gayt va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi tomonidan qoralangan.
Iordaniya va BAA tashqi ishlar vazirliklari Shvetsiya elchilarini chaqirib, ularga norozilik notasini taqdim etishdi. Turkiya prezidenti bu harakatni “qabihlik” deb atadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisa ishtirokchilarining jazosiz qolishi oldindan aytib bo‘lmaydigan halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini va jahon hamjamiyati bunday noqonuniy harakatlarga qarshilik ko‘rsatishi kerakligini aytdi.
Finlyandiya va Shvetsiya 2022-yilning may oyida Ukrainadagi voqealar fonida alyansga qo‘shilish uchun ariza topshirgan. 2023-yil 4 aprel kuni Finlyandiya NATOning 31-aʼzosiga aylandi. Shvetsiyaning arizasi hali Vengriya va Turkiya tomonidan maʼqullanmagan.


