1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Quruvchi maktabni to‘liq qayta taʼmirlab beradi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holatga izoh berdi.

Quruvchi maktabni to‘liq qayta taʼmirlab beradi

 

Aytilishicha, obyektda shu kunga qadar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilib, qurilish-montaj ishlari sifati ustidan pudratchi va loyihachiga 2 marta yozma ko‘rsatma berilgan hamda ular ijrosi taʼminlangan

 

Keyinroq obyektni foydalanishga topshirish bo‘yicha ishchi komissiya aʼzolari va inspeksiya tomonidan berilgan  kamchiliklar pudratchi tomonidan to‘liq bartaraf etilmaganligi sababli, hozirgi kunda ushbu foydalanishga topshirish bayonnomasi inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilmagan.  

 

Binoning texnik holatiga keladigan bo‘lsak, uning tashqi devoridagi yoriqlar sabab tom qismidan tushayotgan yomg‘ir suvlari binoning poydevor qismiga ketayotganligi oqibatida poydevorda cho‘kish yuzaga kelgan. Bugungi kunda yuzaga kelgan yoriqlar pudratchi tomonidan taʼmirlangan. Pudratchiga bahorgi taʼtil vaqtida qayta to‘liq taʼmirlash bo‘yicha ko‘rsatma ham taqdim etilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, qurilish obektida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlariga asosan 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu bino qurilishi bosh rejada ko‘rsatilgan hududda ko‘p yillik daraxtlarni kesishning imkoni bo‘lmaganligi sababli avval belgilangan joydan boshqa yerga ko‘chirilgan. Qurilish jarayonida kiritilgan o‘zgartirishlarga buyurtmachi tomonidan 2020 yil mart oyida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика