“Qush sotaman, olasizmi?”

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizil kitob”ga kiritilgan qushlarni sotish haqida eʼlon joylagan shaxslar ushlandi.

“Qush sotaman, olasizmi?”

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshqirg‘iy polaponini sotaman” mavzusida eʼlon tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani “Uzumzor” MFYda yashovchi fuqaro B.A. toshqirg‘iy polaponini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining tezkor guruhi tomonidan to‘xtatildi. Fuqaro B.Adan ushbu toshqirg‘iy polaponi qanday qilib saqlab qolgani so‘ralganda, 2021 yil 5 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan, tabiat qo‘ynidan ushlab olganligini va shu kunga qadar o‘z uyida saqlayotganligini aytgan.

Shuningdek, ushbu qush “Qizil kitob”ga kiritilgan uch oylik toshqirg‘iy polaponi ekanligi va uni ushlab olgani to‘g‘risida fuqaro B.A. Davlat ekologiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi nazorat inspeksiyasiga xabar qilmaganligi, qush tor temir panjarali qafasga solinib saqlanayotganligi aniqlangan.

Shunga o‘xshash holat Samarqandda ham kuzatildi. 2021 yil 14 iyul kuni Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Samarqand shahrida olib borilgan kuzatuv reyd tadbirlari jarayonida ham, Samarqand shahri “Mo‘liyon” MFYda yashovchi fuqaro I.A “Qizil kitob”ga kiritilgan to‘rt dona O‘rta Osiyo toshqirg‘iyi polaponlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.

Mutasaddilarning Zamon.uz‘ga maʼlum qilishlaricha, ayni vaqtda toshqirg‘iy polaponi veterinar ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy chora ko‘rildi.

Oldinroq, Buxoro shahrida ham “Qizil kitob”ga kiritilgan qush savdosining oldi olinganligi va tabiatga qo‘yib yuborilganligi haqida xabar bergan edik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика