
Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yilning 09 may kuni Arsif MFY hududida yashovchi, S.A. D.Sh.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Rossiya federatsiyasiga ishga yuborishini aytib, 600 AQSH dollar pullarini olgan. Fuqaro S.A. bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


