1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rafiqam Putinni yaxshi ko‘radi — Tramp

Amerika prezidenti turmush o‘rtog‘ining Putinga nisbatan munosabati haqida gapirdi.

Rafiqam Putinni yaxshi ko‘radi — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha uning pozitsiyasiga rafiqasi Melaniya kuchli taʼsir ko‘rsatganini aytdi.

 

“Biz Putinni yaxshi bilamiz va Melaniya ham unga nisbatan ijobiy munosabatda. Odamlar bilan til topishish kerak”, degan Tramp.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Melaniya juda aqlli va betaraf ayol bo‘lib, davlat rahbari siyosatiga taʼsir qiladi.

 

Avvalroq Tramp birinchi xonimning Ukraina masalasida neytral pozisiyasini qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Melaniya qon to‘kilishi va odamlarning qurbon bo‘lishiga chek qo‘yish tarafdori. Shu bilan birga, baʼzi nashrlar Trampning rafiqasi prezidentning Rossiya bilan munosabatlardagi strategiyasini o‘zgartirish qaroriga taʼsir qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика