1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kunlik dam olish beriladi

Bu haqda Prezident boshchiligidagi videoselektorda ma’lum qilindi

Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kunlik dam olish beriladi

 

Bugun, 26-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi. 


Qayd etilshicha, joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat ob’yektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki bergan.


Bu orqali Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar tashrif buyurgan. 


Ta’kidlanishicha, kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan yana 5 kunlik dam olish e’lon qilinadi. Bu hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat. 


“Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha yangi tartibni joriy etamiz”, dedi Prezident.


Jumladan, 2022 yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика