1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi aytildi

Musulmonlar idorasi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi aytildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445 yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.

 

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari masʼullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика