Ramazon oyi 23-mart, payshanba kunidan boshlanishi maʼlum bo‘ldi.
Prezident “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik maʼlumotlarga tayangan holda 2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23 mart, payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.


