AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov Ramazon oyining birinchi haftasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida, o‘tgan hafta davomida:
- respublikamiz bo‘ylab 320 ta oilaga 51 810 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;
- moddiy ko‘makka muhtoj 44 nafar fuqarolarga 53 600 000 so‘mlik pul mablag‘lari berildi;
- 500 dan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.


