Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 3 iyuldan yillik to‘lanadigan taʼtilga chiqqanini maʼlum qildi. Qodirovning buyrug‘i Checheniston hukumati veb-saytida e`lon qilingan.
Bu vaqtda uning vazifalarini viloyat hokimligi raisi Muslim Xuchiyev bajaradi. Respublika rahbari qancha vaqt davomida dam olishi aniqlanmagan.
Maʼlumot uchun, Ramzan Qodirov oxirgi marta 2023-yilning yanvar va aprel oylarida taʼtilga chiqqan edi. Har ikki safar ham Xuchiyevga respublika rahbarining vazifalari yuklangan.


