Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Adam Qodirov yana bir lavozimni egalladi. U endilikda “Baysangur Benoyevskiy” batalonining ham kuratori bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, kichik Qodirov “bolaligidan haqiqiy jangchi xarakteriga ega bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan u o‘zini mohir tashkilotchi sifatida namoyon etgan.
Vazir ta’kidlashicha, Checheniston rahbarining o‘g‘liga yuklangan vazifa mas’uliyatli va murakkab. Shu bilan birga, Dudayev 16 yoshdagi o‘smir buning uddasidan chiqishiga 100% ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Adam Qodirov “Shayx Mansur” bataloniga kurator etib tayinlangan edi.


