Chexiya politsiyasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning xalqaro sanksiyalar ostida muzlatilgan mulkining bir qismi bo‘lgan nasldor ayg‘irning o‘g‘irlanishi bo‘yicha tergov olib bormoqda.
Qayd etilishicha, otxonadan taxminan 17 ming yevro turadigan Zazu laqabli o‘n olti yoshli zotdor ingliz oti g‘oyib bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimlari aholidan qidiruv ishlariga yordam berishni so‘ragan.
OAVning yozishicha, Qodirov otni 2012 yilda sotib olgan. Zazu 36 ta poygada qatnashib, to‘qqiz marta g‘alaba qozongan va 1,2 million yevrodan ortiq daromad keltirgan.


