Qodirovning 20 yoshli qizi Chechenistonda sog‘liqni saqlash bo‘yicha kurator etib tayinlandi.
“Xutmat Qodirovaning reabilitatsiya sohasida to‘plagan bilim va tajribasi sog‘liqni saqlash rivojiga xizmat qiladi”, — deyiladi hukumat xabarida.
Qodirovning yana ikki qizi ham hukumatda ishlaydi. Ulardan biri Madaniyat vaziri, ikkinchisi Grozniy maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshlig‘i.


