1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Raqamlar ortidagi insonlar mehnati va taqdiri

Respublika ishchi guruhining bu galgi manzili Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari bo‘ldi.

Raqamlar ortidagi insonlar mehnati va taqdiri

 

Joriy yilning 22-26 may kunlari davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joylarda o‘rganib, samarali hal etish maqsadida guruhlarga bo‘lingan holda bir vaqtning o‘zida uchta hududda – Buxoro, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlarida navbatdagi bosqich ishlarini olib bordi.

 

Mazkur guruhlar tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik, idora va tashkilotlari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

 

Joylarda aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, Buxoro viloyatida respublika va mahalliy byudjetdan 5 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, yil boshidan viloyatdagi ichki yo‘llarning jami 132,5 km qismi taʼmirlandi. Shundan 89,1 km yo‘lga shag‘al yotqizildi, 37,3 km yo‘l asfalt qilindi, 6,1 km yo‘l betonlashtirildi.

 

Viloyat aholisiga 350,9 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 103 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 13 ta transformator o‘rnatildi, 6,9 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 6,6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi va 77 dona suv qudug‘i montaj qilindi.

 

Viloyatdagi 17 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 500 ga yaqin bolalar yotoqxona to‘plami, televizorlar, yotoqxona jihozi, gilam hamda 39 turdagi o‘yinchoqlar olib berildi.

 

Tijorat banklari tomonidan 2 492 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 157,1 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 1 184 nafar fuqaroga 31,2 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 60 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 264,0 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

 

Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 252 nafar xotin-qizlarga 329,5 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 61 nafar fuqarolarga 185,1 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

 

Sirdaryo viloyatida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.  Xususan, “Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida, 2023 yilda dasturlarga tushmagan ichki tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish bo‘yicha viloyatning har bir tumanidan bittadan - jami 9 ta mahalladagi 30 973 nafar aholi yashaydigan 105,5 km yo‘llar tanlab olindi va to‘liq shag‘allashtirildi.

 

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,4 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 6 ta tik quduq qayta tozalandi, 5 dona suv minoralari o‘rnatildi, 34 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta o‘rnatildi, 20 ta suv nasoslari yangilandi va 2 ta tik quduq uchun yangi transformator o‘rnatildi.

 

Aholiga qo‘shimcha 1139 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 11 ta transformator punklari mukammal taʼmirlandi, 16,2 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi va 226 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

 

Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan may oyida 590 nafar fuqaroga 944 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, “Temir daftar” ro‘yxatidagi 144 nafar fuqaroga 305,7 mln so‘mlik yordam berildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 3 703 nafar xotin-qizlarga 2 171,2 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 421 fuqarolarga 1 191,2 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

 

Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi faoliyati ham samarador bo‘ldi. 

 

Jumladan, “Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida ichki tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish bo‘yicha viloyatning 15 ta mahallalaridagi 66,6 km yo‘llar tanlab olindi va shundan 59,5 km yo‘llar shag‘allashtirilib, hozirda shag‘al-tosh to‘kish ishlari yakunlanmoqda. 135 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida 3 144 tonna asfaltbeton qorishmasi bilan chuqurchalar taʼmirlandi.

 

Viloyat aholisiga qo‘shimcha 1 220,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 209 ta temir beton tayanchlar yangilandi hamda 9,1 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 2 km.ga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

 

Tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadid 5 396 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 233,4 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. 124 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tikuv mashinasi, asbob-uskuna vositalari uchun “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘arma”si mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida jami 506,8 mln. so‘mlik tikuv mashinalari, motokultivatorlar va avtomobil yuvish uskunalari yetkazib berildi.

 

Yuqorida tilga olingan har bir hududda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan holda “Chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.

 

Respublika ishchi guruhi faoliyati hududlarda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика