1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi

Prezidentning «O‘zbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni)»gi farmoni qabul qilindi.

Raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi

 

Farmon bilan quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

1) Prezidentning 18.05.2019 yildagi PQ-4321-son qaroriga.

Belgilanishicha, «elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:

  • davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek elektron hamkorligini taʼminlash uchun idoraviy va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan;

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish qismida – Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;

  • idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish qismida – vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi (3-b. “b” kichik b.).

Operatorga AKT sohasida xaridlarni amalga oshirishda faqat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DMda texnik topshiriqlarni kelishish huquqi taqdim etiladi.

2) Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son farmoniga.

Farmonning 2-bandida belgilanishicha, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston hududida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.

Texnopark rezidentlari jumladan 2028 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazini tashkil etish, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va rezidentlarning huquqlari, shuningdek LBMAni muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash to‘g‘risidagi normalar (1, 3, 4, 6-b.) o‘z kuchini yo‘qotdi.

Texnopark rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq xodimlarning 2028 yil 1 yanvarga qadar mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlaridan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizlik stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallarini to‘lash to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

3) Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF-5624-son farmoniga.

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va «Raqamli O‘zbekiston — 2030» dasturini amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini majburiy ravishda jalb etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan (7-b).

9-band “g” kichik band bilan to‘ldirildi, unga muvofiq «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi» MCHJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha har yilgi tanlovlarni o‘tkazadi.

4) Prezidentning 17.01.2019 yildagi PF-5635-son farmoniga.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun masʼul davlat organlari ro‘yxati (3-ilova) quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirildi:

5) Prezidentning 2.06.2020 yildagi PF-6003-son farmoniga.

9-band yangi xatboshi bilan to‘ldirildi, unga muvofiq O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalida eʼlon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика