1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi muhim masala yuzasidan ogohlantirmoqda

Bu ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq.

Raqobat qo‘mitasi muhim masala yuzasidan ogohlantirmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda biologik faol qo‘shimchalar reklamasi “ming bir xastalikka davo” sifatida, “moʻjizakor” ta’siri haqida iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq iboralar asosida joylashtirilishi iste’molchilarning rejali (an’anaviy) davolashdan voz kechib, o‘z-o‘zini davolash usullarini keng qo‘llanilishiga, hattoki fojiali holatlarga sabab bo‘lmoqda.

 

Achinarlisi, bunday mahsulotlarni diniy blogerlar tomonidan bevosita reklama qilinishi iste’molchilarni chalg‘itib, ularda ushbu mahsulotlarni dori vositasi va davolash xususiyatiga ega ekanligi haqida yanglish fikrlar shakllanishiga hamda ularni iste’mol qilinishiga undamoqda.

 

Qo‘mitaga reklamalarga ishonib, aynan shu kabi mahsulotlarni sotib olgan, biroq ularni iste’moli natijasida sog‘ligi yanada yomonlashganligi to‘g‘risida 1 mingtaga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilib, iste’molchilarga 118 mln so‘m moddiy zararlar qoplanishi ta’minlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика