Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini rasman eʼlon qildi. Bu haqda u Floridada gapirgan.
Sobiq prezidentning yordamchilari saylovda ishtirok etish uchun rasmiy arizani topshirgan.
"Amerikaning qaytishi hozirning o‘zida boshlanadi", — degan siyosatchi tarafdorlari oldidagi chiqishida.
Tramp o‘z prezidentlik davrini faxr bilan eslagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident lavozimini tark etgach, mamlakat iqtisodiyoti tushkun holatga tushdi. Shuningdek, u amaldagi prezident faoliyatini keskin tanqid qilgan.


