U dastlabki jangida Kongo DR vakili Yumba Naomiyega qarshi ringga chiqdi va jang davomida to‘liq ustunlikka erishib, yakunda hakamlar bahosiga ko‘ra 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Endi Qodirova 3 avgust kuni yarimfinalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tariladi.


