O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2,14 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 667,00 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 2,14 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 667,00 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 809,20 so‘mga baholanib, 12,85 so‘mga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 119,99 so‘m etib belgilanib, 1,40 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 10-avgust, payshanba kunidan kuchga kiradi.


