1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Real Madrid” yillik daromadi bo'yicha rekord qo‘ydi

O‘yinlardan tushgan daromad ikki barobarga oshgan.

“Real Madrid” yillik daromadi bo'yicha rekord qo‘ydi

Madridning “Real” klubi o‘tgan mavsumda 1,05 milliard yevro daromad ko‘rib, eng daromadli futbol klubi sifatida yana yetakchilik qildi. 2023/24 yilgi mavsumda “Bernabeu” stadionining rekonstruksiyasi yakunlanishi natijasida o‘yinlardan tushgan daromad ikki barobarga oshib, 248 million yevroga yetdi. Shuningdek, klubning tijoriy daromadlari 19 foiz o‘sib, 482 million yevroga yetdi. Bu o‘sishga yangi homiylik kelishuvlari va suvenir mahsulotlarining ko‘payishi sabab bo‘ldi.

 

15 karra yevropa chempioni bo‘lgan “Real Madrid” hozirda klub mulkchiligini uning aʼzolariga o‘tkazish bo‘yicha yirik korporativ o‘zgarishlarni rejalashtirmoqda. Klub prezidenti Florentino Peresning taʼkidlashicha, ushbu islohot orqali “Real”ning 100 ming aʼzosi klubning haqiqiy egalari bo‘lishadi.

 

“Bizning aktivlarimiz 10 milliard yevrodan ortiq baholanadi, va biz ularni aʼzolar o‘rtasida taqsimlashimiz mumkin”, – dedi Peres.

 

Taklif klub aʼzolari tomonidan ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика